Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalarida faol muloqot olib bormoqda.
2-dekabr kuni Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Pokiston Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlashi tasdiqlandi.
6-dekabr kuni Jenevada ushbu masala boʻyicha memorandum Oʻzbekiston Prezidentining JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov va Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn tomonidan imzolandi.