Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 12/02/2025 Pokiston bilan farfor sanoatida hamkorlik kengaytiriladi

Pokiston bilan farfor sanoatida hamkorlik kengaytiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida 12 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosarlari Dilshod Rasulov va Halimjon Safarov Pokistonning "Faisal China Pottery Works" farfor mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodida bo‘lishdi.

"Faisal China Pottery Works" zavodi1967 yili tashkil etilgan bo‘lib, Gujrat shahridagi sanoat zonasida joylashgan. Ushbu zavod 70 xildan ortiq farfor mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shunindek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar Janubiy Amerika hamda Afrika mamlakatlariga eksport qilinadi.

Mehmonlar zavodning sexlarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanishib, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdilar.

Shuningdek, tashrif doirasida Pokiston farfor mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi Adnan Iqbal bilan muzokaralar olib borildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va investitsiyaviy muhitning afzalliklari bo‘yicha batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Mamlakatda kaolin xomashyosi yetarli miqdorda mavjud ekanligi va uni sanoatda keng qo‘llash imkoniyatlari inobatga olinib, ikki davlat o‘rtasida qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi qadamlarni belgilab olish yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida, joriy yilning mart oyida Pokiston ishbilarmonlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda uning doirasida investitsion loyihalar ustida ishlar olib borishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling