Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
Piyodalar o‘tish joyida bolaga yo’l bermagan haydovchi 1 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisi katta tezlikda kelayotgan Damas'dan arang qochib qolgani aks etgan video tarqaldi.

Aniqlanishicha, qoidabuzar 68 yoshli erkak bo‘lgan. U 1 kun davomida ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan.

Ushbu haydovchi 1 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (10 mln 300 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling