Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Sport 26/02/2025 Pep Gvardiola Husanov haqida: «U jamoaga allaqachon yaxshi taʼsir o‘tkazmoqda»

Pep Gvardiola Husanov haqida: «U jamoaga allaqachon yaxshi taʼsir o‘tkazmoqda»

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pep Gvardiola yanvar oyida «Manchester Siti»ga qo‘shilgan Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrini bildirdi.

Bosh murabbiy o‘zbek himoyachisining qobiliyatlaridan hayratlanganini va u jamoa talablariga yaxshi moslashayotganini taʼkidladi.

«Husanov keldi va darhol „Chelsi“, „Nyukasl“, „Real“ va „Liverpul“ga qarshi o‘ynadi – bularning barchasi og‘ir bellashuvlar, ayniqsa, uning qayerdan kelganini hisobga olsak. Hali muloqatda qiyinchiliklari bor, chunki ingliz tilida erkin gapira olmaydi, lekin u jamoaga allaqachon yaxshi taʼsir ko‘rsatmoqda», – dedi Gvardiola.

Taniqli mutaxassis transfer kampaniyasining jamoa uchun katta qayta qurish jarayoni emasligini va bu uning eng qiyin murabbiylik sinovi emasligini taʼkidladi.

«Biz buni oldin ham qilganmiz. To‘qqiz yil ichida „Manchester Siti“ avvalgi holatda qolmadi. Biz tarkibni ikki-uch marta yangiladik, shunday ekan, bu eng katta sinov emas».

«Eng qiyin davr mening murabbiylik faoliyatim boshlanishi bo‘lgan, o‘shanda men va shtabim ko‘p muammolarni hal qilishimiz kerak edi. Lekin biz uddaladik va o‘zimizga buni eplay olishimizni isbotladik», – deya yakunladi Gvardiola.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling