Valyuta kurslari 07/07/2025
$1 – 12606.73
UZS – 0,39%
€1 – 14849.47
UZS – 0,27%
₽1 – 159.86
UZS – 0,26%
Qidirish
Moliya 04/07/2025 Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi

Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

g‘aznachilik va pensiya taʼminoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;

fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.

2026 yil 1 dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:

fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;

pensiya taʼminotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling