Valyuta kurslari 22/01/2025
$1 – 12984.44
UZS – 0,07%
€1 – 13442.79
UZS – 0,52%
₽1 – 129.90
UZS – 1,78%
Qidirish
O‘zbekiston 21/01/2025 Parlament O‘zbekistonda donorlar harakati tizimini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Parlament O‘zbekistonda donorlar harakati tizimini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish, shahar transportining barcha turlaridan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqini berish belgilanmoqda. Shuningdek, sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi beriish nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi donorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling