Valyuta kurslari 24/12/2024
$1 – 12902.00
UZS – 0,07%
€1 – 13428.40
UZS – 0,31%
₽1 – 127.60
UZS – 1,3%
Qidirish
Iqtisod 23/12/2024 Parkent tumanida elektr energiyasini saqlash tizimi qurilishi boshlandi

Parkent tumanida elektr energiyasini saqlash tizimi qurilishi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Parkent tumanida quvvati 334 MVt/501 MVt⋅soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi (batareya) qurilishi boshlandi.

O‘zbekiston energetikasi tarmog‘ida yangi loyiha hisoblangan va sohada ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan mazkur yirik loyiha qurilishiga joriy yilning 13-dekabr kuni Davlatimiz rahbari ishtirokida start berildi.

Ushbu elektr energiyasini saqlash tizimidan iste’molning yuqori vaqtlarida tarmoqni barqarorlashtirish va qo‘shimcha zaxira quvvatlarini yaratish uchun foydalaniladi.

Yana bir ahamiyatli jihati, mazkur loyiha qurilishi davrida 300 nafargacha kishi ish bilan ta’minlansa, to‘liq ishga tushgandan so‘ng 10 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-dekabr kuni Andijon viloyatining Asaka va Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanlarida har birining quvvati 150 MVt/300 MVt⋅soat bo‘lgan 2 ta (jami 300 MVt/600 MVt⋅soat) elektr energiyasini saqlash tizimlari (batareya) ishga tushirilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling