Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Turizm 03/03/2025 Parijda O‘zbekiston turizm forumi bo‘lib o‘tadi

Parijda O‘zbekiston turizm forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi tomonidan 2025-yil 10-mart kuni Fransiyaning Parij shahrida O‘zbekiston turizm forumi tashkil etiladi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti va Fransiyaning yetakchi turoperatorlari hamda agentliklari bilan B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan bo‘lib, bu quyidagilar uchun noyob imkoniyatlar yaratadi:

- ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorliklar o‘rnatish;

- O‘zbekistonning sayyohlik mahsulotlari va yo‘nalishlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish;

- shartnomalar va bitimlar imzolash;

- o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

Forum Fransiya va Yevropa mamlakatlari sayyohlik bozorida O‘zbekistonning zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari, boy madaniy merosi, tabiiy go‘zalliklarini targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling