Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Iqtisod 01/03/2025 Oʻzbekiston–Eron: qishloq xoʻjaligidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

Oʻzbekiston–Eron: qishloq xoʻjaligidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-27 fevral kunlari Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi "Ma’muriy-xo‘jalik xizmati" davlat muassasasi direktori Sh. Sharifov boshchiligidagi delegatsiya Eronga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator kelishuvlar imzolandi. Xususan, Eron Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (ATMAK) bilan qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Shuningdek, “Sirang UAV” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonga zamonaviy qishloq xoʻjaligi dronlarini yetkazib berish va texnik xizmat koʻrsatish infratuzilmasini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, “Bazargan Kala Co.”, Milliy markaz (AKIS) va “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” oʻrtasida Nutritech brendi ostida ishlab chiqarilgan 40 turdagi oʻgʻit va pestitsidlarni Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkazish va bosqichma-bosqich mahalliylashtirish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Mazkur tashrif Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va yangi biznes aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling