Oʻzbekiston delegatsiyasi Venaga tashrifi chogʻida MAGATE bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 5-mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Vena shahriga tashrifi doirasida “O‘zatom” agentligi direktori A.Axmedxadjayev, XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.
R.Grossi O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarni yuqori baholadi va 2024-yilning 4-5 dekabrda Toshkent va Samarqand shaharlariga amalga oshirgan rasmiy tashrifi natijasida erishilgan ikki tomonlama hamkorlikdagi muvaffaqiyat va yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari, xususan joriy loyihalar, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari va yadro texnologiyalari sohasini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning yadro xavsizligi va tarqatmasligi sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi.
Shu o‘rinda XAEA xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishda va qonunchilikni zamonaviy talablar bilan moslashtirishga yordam berish maqsadida xalqaro yuristlar guruhini yuborishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda alohida e'tibor "Yo‘l xaritasi"dagi "Umid nurlari" va "ZODIAC" kabi loyihalarga, shuningdek, radiatsiya va izotop texnologiyalari sohasidagi tashabbuslarga qaratildi. Bundan tashqari, Tashkent filialida kichik modulli reaktorlar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish maktabini o‘tkazish taklifi, shuningdek, O‘zbekistonning Atoms4Food dasturiga qo‘shilishi orqali ishlab chiqarishni yaxshilash va mahsulot sifatini oshirish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun ilg'or yadro texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan XAEA xalqaro standartlarini paxta yetishtirishda joriy etish tashabbusi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida XAEA rahbari O‘zbekistonning atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi strategik tashabbuslarini ijobiy baholadi, ularning innovatsion va istiqbolli jihatlarini ta'kidladi, shuningdek, xalqaro hamkorlikka sodiqligini qayd etdi va O‘zbekiston XAEAning mintaqadagi asosiy hamkori sifatidagi statusini tasdiqladi.