Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy harakatlar olib bormoqda.
Xususan, “Oʼzkimyosanoat” АJ va Xitoyning China Huanqiu Contracting & Engineering Corporation (HQC) kompaniyasi oʼrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish va yangi loyihalarni yoʼlga qoʼyish yuzasidan muzokaralar oʼtkazildi.
Muloqot chog‘ida “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasi hamda “Ammofos-maxam” AJda fosfogips chiqindisini qayta ishlash orqali sulfat kislotasini ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokara yakunida mazkur loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan xadli bitimlar imzolandi.