Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 12/04/2025 “O‘zikkilamchiranglimetall” "Jizzax akkumulyator zavodi"ga qo‘shilishi mumkin

“O‘zikkilamchiranglimetall” "Jizzax akkumulyator zavodi"ga qo‘shilishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ qayta tashkil etilib, uning "Jizzax akkumulyator zavodi" AJga qo‘shilishi orqali faoliyatini davom ettirishi mumkin.

2025 yil 30 aprel kuni “O‘zikkilamchiranglimetall” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri — korxonani qayta tashkil etish, yaʼni “O‘zikkilamchiranglimetall”ni "Jizzax akkumulyator zavodi"ga qo‘shish masalasi bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunining 40-41-moddalariga muvofiq, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ aksiyadorlari jamiyat o‘z aksiyalarini bozor narxi bo‘yicha qayta sotib olishini talab qilish huquqiga egadirlar.

Bunda aksiyadorlarning ro‘yxati 2025 yil 24 aprel holatiga tuziladi. Aksiyalar bozor bahosi asosida, baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narx bo‘yicha qayta sotib olinadi.

Aksiyalarni qayta sotishni amalga oshirish uchun aksiyadorlar yozma ravishda murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Murojaatda yashash manzili, depozit hisobidan ko‘chirma yoki nusxa, aksiyalar soni va pul o‘tkazish uchun bank rekvizitlari ko‘rsatilishi talab etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling