Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov Xitoyning yirik “Jezetek” kompaniyasi ijrochi direktori Zhan Yue va “Sichuan Technical” kolleji direktori Yu Hunzhan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Jezetek” kompaniyasi va “Sichuan Technical” kolleji bilan kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish va muqobil energetika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha Xitoy tajribasini O‘zbekistonda joriy qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.