Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 14/04/2025 “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va PTB elektrotexnika sanoatida sifatni oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi va PTB elektrotexnika sanoatida sifatni oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Germaniyaning PTB instituti elektrotexnika sohasida sifatni oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari Germaniyaning nufuzli Fizika-texnika instituti (PTB) bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida biznes subyektlari duch kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish va milliy sifat infratuzilmasi doirasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash institutlari kuchini birlashtirish orqali elektrotexnika sanoatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, uchrashuvda elektrotexnika sohasida sifatni oshirishga qaratilgan “Calidena” metodologiyasini joriy etish masalasi ham muhokama qilindi.

Mazkur yondashuv sanoat korxonalariga milliy sifat infratuzilmasining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro talablar darajasiga moslashishda muhim vosita sifatida e’tirof etildi.

Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va loyiha doirasida belgilangan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling