Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 03/07/2025 “O‘zeltexsanoat” delegatsiyasi Ozarbayjonning STP Global Cable korxonasiga tashrif buyurdi

“O‘zeltexsanoat” delegatsiyasi Ozarbayjonning STP Global Cable korxonasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2-iyul kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz Ozarbayjondagi yirik elektrotexnika sanoat korxonasi – “STP Global Cable” kompaniyasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida uyushma rahbari kompaniyaning ishlab chiqarish jarayoni, mavjud hudud va ishlab chiqarish binolari, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya faoliyati, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan kabel va telekommunikatsiya mahsulotlari, dizel generatorlar, axborot kiosklari, metall mahsulotlar bilan bevosita tanishdi.

Tashrif chog‘ida “STP Global Cable” vakillari kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport geografiyasi va texnik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Delegatsiya a’zolari, xususan, yuqori kuchlanishli (500 kV gacha) kabel mahsulotlarining ishlab chiqarilishi, sifat nazorati tizimi, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling