Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Iqtisod 18/05/2025 O‘zcharmsanoat va Guangdong Shoes Association o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zcharmsanoat va Guangdong Shoes Association o‘rtasida memorandum imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Shoes & Leather – Guangzhou–2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston charm sanoati vakillari nafaqat mahsulotlari bilan ishtirok etdi, balki sanoat diplomatiyasining faol ishtirokchisiga aylandi.

Ko‘rgazma doirasida Xitoyning yetakchi charm-poyabzal ishlab chiqaruvchilari, assotsiatsiyalar va dizayn markazlari — YISUN, Chiao Hong Shoes, Guangzhou Footwear Association, shuningdek Bangladeshning The Leather Experts kompaniyasi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Mahalliy eksportchilar — DSM International, Top Quality Brand, Nafis Charm kabi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish qildi. Xitoy, Vetnam, Bangladesh va Tayvanning yirik kompaniyalari mahsulot sifati, ekologik ishlov berish texnologiyalari hamda OEM asosidagi hamkorlik takliflariga katta qiziqish bildirdi.

Ayniqsa, ko‘p yillik tajribaga ega Guangdong Shoes Manufacturers Association vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv muhim natijalar bilan yakunlandi. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat texnologik almashinuv, bilim uzatish va savdo missiyalarini muntazam yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston delegatsiyasi quyidagi yo‘nalishlarda muzokaralar olib bordi:

yangi eksport aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

sifat sertifikatlarini muvofiqlashtirish;

Osiyo bozorlariga mos brendlashtirish strategiyalarini ishlab chiqish.

Ushbu tashrif nafaqat mahsulot targ‘iboti, balki O‘zbekiston charm sanoatining savdo geografiyasini kengaytirish va xalqaro hamkorlik modelini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling