Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
Iqtisod 20/03/2025 “O‘zbekneftgaz” AJ va Schlumberger strategik shartnomalar tuzishni muhokama qilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ va Schlumberger strategik shartnomalar tuzishni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekneftgaz" AJ xalqaro hamkorlar bilan neft va gaz sanoatida strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirmoqda.

Kuni kecha "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi va AQSHning “Schlumberger” kompaniyasi Raqamlashtirish va Integratsiya (D&I) divizioni katta vise-prezidenti o‘rtasida shartnomalarni imzolashga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda FMA va MSA shartnomalari bo‘yicha yakuniy kelishuv uchun zarur bo‘lgan masalalar batafsil ko‘rib chiqilib, keyingi qadamlar belgilab olindi.

Tomonlar kelishuvni imzolash bilan bog‘liq tashkiliy va prosessual jihatlar, jumladan, zarur tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Suhbat chog‘ida shartnoma doirasidagi ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun mutaxassislarni tezkor jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etish joizki, ushbu shartnomalarni imzolash jarayonini jadallashtirish "O‘zbekneftgaz" AJ hamda “Schlumberger” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa sanoatda samaradorlikni oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga zamin yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling