“O‘zbekko‘mir” 6,7 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2024-yilda qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi ilk marta 6,7 million tonnadan oshdi.
Erishilayotgan yutuqlarda mavjud “Angren ko‘mir koni”, “Apartak ko‘mir koni” hamda “Yer osti usulida ko‘mir qazib olish koni” filiallarining hissasi katta.
“Angren” konidan qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi 5,5 million tonnadan oshdi. “Apartak ko‘mir koni” filiali mehnat jamoasi esa tarixda ilk marta 1,2 million tonnalik dovonni zabt etdi.
“O‘zbekko‘mir” AJda 2019-yilda ‒ 3807,6 ming tonna, 2020-yilda ‒ 3869,4, 2021-yilda ‒ 4781,2, 2022-yilda ‒ 5073,9, 2023-yilda 5836,0 ming tonna ko‘mir qazib chiqarilgan.