Valyuta kurslari 23/07/2025
$1 – 12704.02
UZS – 0,8%
€1 – 14871.33
UZS – 1,33%
₽1 – 162.43
UZS – 0,93%
Qidirish
O‘zbekiston 23/07/2025 O‘zbekiston aholisi 37,8 million kishidan oshdi: yarim yilda tabiiy o‘sish 321 ming nafarni tashkil etdi

O‘zbekiston aholisi 37,8 million kishidan oshdi: yarim yilda tabiiy o‘sish 321 ming nafarni tashkil etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 37 859,7 ming kishini tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 725,5 ming kishiga yoki 2,0 foizga ko‘pdir.

2025 yilning yanvar–iyun oylari davomida 405,5 mingta tirik tug‘ilgan holat qayd etilgan bo‘lib, 84,1 mingta o‘lim holati ro‘y bergan. Tabiiy o‘sish 321,4 ming nafarni tashkil etdi.

Bu davrda xorijdan kelganlar soni 673 kishini, xorijga chiqib ketganlar soni esa 5 551 kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, 95,3 mingta nikoh qayd etilgan, 23,3 mingta ajrashish holati kuzatilgan.

Shahar joylarda doimiy yashovchilar soni 19 296,4 ming nafarni (umumiy aholining 51,0 foizi), qishloq joylarda esa 18 563,3 ming nafarni (49,0 foizi) tashkil etdi. Ayollar soni 18 793,9 ming nafar (49,6%), erkaklar esa 19 065,8 ming nafar (50,4%) bo‘ldi.

2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra mamlakatda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga 84,3 kishini tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu sanadagi ko‘rsatkichiga (82,7 kishi) nisbatan 1,6 kishiga ko‘pdir.

Joriy yilning birinchi yarmida tug‘ilish koeffitsiyenti har 1000 nafar aholiga 21,7 promilleni tashkil etdi. 2024 yilning shu davriga nisbatan tug‘ilganlar soni 14,4 ming kishiga kamaygan.

O‘lim holatlari 84,1 mingta bo‘lib, o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 mingta ko‘pdir.

Tug‘ilganlarning 209,6 ming nafari (51,7%) o‘g‘il bolalar, 195,9 ming nafari (48,3%) qiz bolalar. Shaharlarda 197,8 mingta (48,8%), qishloqlarda esa 207,7 mingta (51,2%) tug‘ilish holati kuzatilgan.

Umumiy o‘lim holatlarining 46,2 ming nafari (54,9%) erkaklar, 37,9 ming nafari (45,1%) ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ulardan 45,6 ming nafari (54,2%) shahar, 38,5 ming nafari (45,8%) qishloq joylarda qayd etilgan.

Nikohlar soni 95,3 mingta bo‘lib, har 1000 nafar aholiga 5,1 promilleni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 2,1 mingtaga kamaygan.

Ajrimlar soni 23,3 mingta bo‘lib, har 1000 nafar aholiga 1,2 promilleni tashkil qilgan. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 0,8 mingtaga ko‘pdir.

2025 yil yanvar–iyun oylarida mamlakatga jami 127 759 kishi kelgan. Ularning 127 086 nafari respublika ichki hududlaridan, 673 nafari esa xorijiy mamlakatlardan kelgan.

Shu bilan birga, jami 132 637 kishi boshqa hududlarga ko‘chib ketgan, shulardan 127 086 nafari respublika ichida, 5 551 nafari esa xorijiy davlatlarga chiqib ketgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling