O‘zbekistonning “Startup Garage” kompaniyasi Kasablankadagi yangi venchur studiyasi bilan Shimoliy Afrikada kengaymoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning eng yirik venchur studiyasi bo‘lgan “Startup Garage” shu hafta Marokashda bo‘lib o‘tgan GITEX Africa sammitida ishtirok etganidan so‘ng Shimoliy Afrikaga kengaydi. Bu Shimoliy Afrikada o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Markaziy Osiyodagi birinchi korxona bo‘lib, ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi hamda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va sarmoyalarni ochadi.
“Startup Garage”- O‘zbekistonning barcha 14 mintaqasidagi startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi venchur studiyasi. Doxada ofis va Kasablankadagi yangi venchur studiyasi bilan uning xalqaro kengayishi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va o‘zbek tadbirkorlari uchun global yo‘llarni ochishga qaratilgan. Bugungi kunga qadar “Startup Garage” ning portfelida 150 dan ortiq startaplar mavjud bo‘lib, ularning 10 dan ortig‘i umumiy qiymati 2 million dollardan ortiq bo‘lgan tashqi investitsiyalarni jalb qilgan.
"O‘zbekistonning tez o‘sib borayotgan startap ekotizimi butun dunyoda talab qilinadigan texnologik yechimlarni taqdim etmoqda. "Startup Garage"ning xalqaro faoliyati o‘zbek startaplariga ko'prik vazifasini bajarish va ularning g‘oyalarini jahon miqyosiga olib chiqishda yordam berishga qaratilgan!- dedi "Startup Garage" kompaniya asoschisi Muhammad Xalil. "GITEX’ning Marokashda o‘tkazilishi rivojlanayotgan bozorlarda startap-xablarning o‘sib borayotgan tendensiyasidan dalolat beradi va biz Shimoliy Afrikadagi hamkasblarimiz bilan o‘zaro hamkorlik manfaatli bo‘lishiga ishonamiz."
“Startup Garage” kompaniyaning yangi bozorlarga kengayishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik xabga aylanish g‘oyasiga mos keladi. Raqamli transformatsiya va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning kuchayishi bilan “Startup Garage” kompaniyaning xalqaro qamrovi mamlakatning global miqyosda raqobatbardosh startaplarni rivojlantirishga bo'lgan intilishini yanada mustahkamlamoqda.
Suhrob G‘aybulloev, "AloqaVentures" kompaniyaning boshqaruvchi hamkori va "Startup Garage" ning bosh homiysi: "Biz ushbu qiziqarli loyihani qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz va "Startup Garage" kompaniya mamlakatning eng istiqbolli startaplari uchun ishga tushirish maydonchasiga aylanishiga ishonamiz. Bu yerda ishlab chiqilgan g‘oyalar haqiqiy ta’sir ko‘rsatish va O‘zbekistonni innovatsiyalar markaziga aylantirish salohiyatiga ega."
“Startup Garage” - O‘zbekistondagi birinchi venchur studiyasi bo‘lib, u startaplarga strategik ko‘mak berish, mentorlik qilish va kapitaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. O‘zbekistonning 14 ta hududida faoliyat yuritayotgan bu kompaniya yangi avlod tadbirkorlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. “Startup Garage” kompaniyasi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqalariga kirib borish orqali Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq o‘rtasida chegaralararo startaplar o‘sishini, sarmoyalar jalb etilishini va texnologik hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan.