Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 19/06/2025 O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdan xavfsiz tarzda chiqib ketish bo‘yicha yo‘riqnomalar eʼlon qildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdan xavfsiz tarzda chiqib ketish bo‘yicha yo‘riqnomalar eʼlon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Isroildagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani munosabati bilan mamlakat hududini mustaqil tark etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun batafsil tavsiyalar eʼlon qildi.

O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi kunu-tun faoliyat yurituvchi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chiqish tavsiya etilmoqda:

Menaxem Begin” / “Taba” — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);

• “Shayx Xusayn” — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);

• “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).

Barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Misr orqali:

"Menaxem Begin"/“Taba” nazorat-o‘tkazish punkti (Eylat sh.)

- O‘zbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz («Sinay kirish muhri» orqali) kira oladilar. «Sinay kirish muhri» - 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).

- 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.

- “Taba”dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud.

Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

- “UzAirways”: Haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.

- «Turkish Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).

- «Pegasus Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga («Sabixa Gyokchen» aeroportiga) (Toshkentga tranzit).

Iordaniya orqali:

“Shayx Xusayn” (Bayt-Shean sh.) yoki "Isxak Rabin"/“Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-o‘tkazish punktlari:

Ushbu punkt orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:

• «Ummon – Istanbul – Toshkent»

• «Ummon – Dubay – Toshkent»

Eslatma: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur:

https://www.moi.gov.jo

https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications

https://www.eservices.moi.gov.jo.

Zarur hollarda O‘zbekiston Elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

- Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, uzembegypt@gmail.com);

- Saudiya Arabistonida, o‘rindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);

- Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

Yakuniy tavsiya

Elchixona Isroil hududini tark etayotgan barcha fuqarolarni shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etish va Isroilning Front orti buyrug‘i (Komandovaniye tila) tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling