Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 5-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili Ismatulla Irg‘ashevning BMTning O‘zbekistonidagi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suҳbat davomida Afg‘onistondagi joriy vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlari va Termiz shahrida joylashgan xalqaro transport-logistika markazi yordamida Afg‘onistonga turli gumanitar yordamlarni etkazib berish imkoniyatlari, shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi Ta’lim markazi asosida afg‘on fuqarolarini ta’lim va tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishni davom ettirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston hamda BMT institutlari o‘rtasida afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha harakatlarni yanada muvofiqlashtirishning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdilar.