Valyuta kurslari 06/03/2025
$1 – 12900.37
UZS – -0,02%
€1 – 13818.88
UZS – 1,89%
₽1 – 143.80
UZS – -0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 05/03/2025 O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Rossiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Rossiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari har tomonlama muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar Afgʻonistonni ijtimoiy va iqtisodiy tiklashga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling