Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Sport 24/02/2025 O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli start oldi

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli start oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziyada yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo trek velosporti chempionati davom etmoqda. Musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi ikki oltin va bir bronza medalni qo‘lga kiritib, o‘zini munosib namoyon qildi.

Erkaklar o‘rtasidagi skretch poygasida Dmitriy Bocharov ajoyib chiqish qildi. O‘zbekistonlik sportchi Yaponiyalik Kazushiga Kuboku – amaldagi jahon chempionini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Ayollar musobaqasida esa Samira Ismoilova o‘z mahorat va tajribasini namoyon etdi. U omnium yo‘nalishida chempion bo‘ldi, shuningdek, ochkoli poygada jamoa hisobiga bronza medalini ham qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati 27 fevralgacha davom etadi, va O‘zbekiston terma jamoasini oldinda yana ko‘plab g‘alabalar kutib turibdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling