Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 08/12/2024 O‘zbekistondan Shvetsiyaga ho‘l meva va sabzavotlar eksportini kengaytirish istiqbollari o‘rganilmoqda

O‘zbekistondan Shvetsiyaga ho‘l meva va sabzavotlar eksportini kengaytirish istiqbollari o‘rganilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi ko'magida Shvetsiya Milliy savdo kengashi tomonidan uyushtirilgan ho'l meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga bag'ishlangan vebinarda mamlakatimizning yetakchi eksportchi kompaniyalari vakillarining ishtiroki tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shvetsiya va umuman olganda Skandinaviya mamlakatlari bozori meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilish uchun jozibador bo'lib, ushbu davlatlardagi import narxlari jahondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Tadbirda O'zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavot mahsulotlari Shvetsiyaga asosan Niderlandiya, Ispaniya va Italiya davlatlari orqali kirib kelayotganligi ma'lum qilindi. Shu sababli, istiqbolda bevosita eksport tovarlarini yetkazish maqsadida Stokgolm va Xelsinborg shaharlarida oziq-ovqat va meva-sabzavot uchun omborxonalar va savdo uylarini ochish takliflari bildirildi.

Shvetsiyalik sheriklar ho'l meva va sabzavot mahsulotlari importi uchun talab etiladigan tarif va notarif choralar, yirik savdo tarmoqlari bilan ishlash tartibi bo'yicha taqdimot o'tkazishdi.

Vebinar davomida, shuningdek, Shvetsiya Milliy savdo kengashining "Open Trade Gate" dasturi doirasida o'zbekistonlik kichik va o'rta biznes vakillarini qo'llab-quvvatlash hamda eksportyor kompaniyalar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga ham e'tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling