Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
O‘zbekiston 15/08/2025 O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak beriladi

O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni O‘zbekistonda yashashga moslashtirish jarayoniga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga (mehmonlarga) qonunchilikda belgilangan davolanish muddatidan qatʼi nazar nogironlik belgilanadi.

Mehmonlarga zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlanadi.

Shuningdek, har bir mehnat yoshidagi mehmon uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi.

Mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili bo‘yicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling