Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 17/01/2025 O‘zbekistonda zilziladan erta ogohlantirish tizimi stansiyalari soni ortdi

O‘zbekistonda zilziladan erta ogohlantirish tizimi stansiyalari soni ortdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda tizimda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi:

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi 98-maqsadga muvofiq 5 ta ustuvor yo‘nalishda 16 ta vazifa to‘liq bajarildi.

Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 2024-yil yanvar-mart oylarida 218 ming gektar “yashil qoplamalar” - himoya o‘rmonzorlarini barpo qilish ishlari olib borildi.

Jami 79 ta suv obyektida 100 mlrd. so‘mdan ortiq muhandislik-himoya ishlari amalga oshirildi.

Ko‘chki va sel xavfi mavjud hududdagi jami 5 ta xo‘jalik 37 nafar fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, 310 ta xo‘jalik 1000 nafar aholi muhandislik-himoya ishlari bajarilganligi bois Ishchi guruh xulosasi asosida ro‘yxatdan chiqarildi.

2024-yilda respublikada ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlardan 10 ming nafardan ziyod fuqaroning hayoti, sog‘ligi va mol-mulki muqarrar halokatdan asrab qolindi.

Prognozlar asosida Toshkent shahridagi 11 mingdan ortiq ko‘p qavatli, 193 ming ta yakka tartibdagi turar-joy binolarining 6.3 magnituda va 8 ball ssenariyli zilzilada talafotlanish darajalari baholandi.

Favqulodda vaziyatlarda shaylikni baholash bo‘yicha 49 ta qo‘mondonlik-shtab, korxona, tashkilotlarda 2 746 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling