Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmoprognostik monitoringi markazi xabar berdi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari 2024-yil 15-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:59 da sodir bo‘lgan.
Zilzila epitsentri Navoiy viloyatining Tamdin tumanida joylashgan.
Epitsentr koordinatalari: 41,42° shimoliy kenglik, 64,1° sharqiy uzunlik. magnitudasi 3,9 ni tashkil etdi. Manbaning chuqurligi 15 kilometrni tashkil etadi.
Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa shimoli-g‘arb tomon 427 kilometrni tashkil etadi.