Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida 382 905 dona turli modeldagi yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ishlab chiqarishning asosiy qismini UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar tashkil etdi: Chevrolet Cobalt — 149 790 dona, Chevrolet Damas — 92 011 dona, Chevrolet Tracker — 40 718 dona, Chevrolet Onix — 36 408 dona, Chevrolet Gentra — 12 837 dona.
Shuningdek, KIA — 19 328 dona, Chery — 6 301 dona, Haval — 2 473 dona va Lada — 6 dona avtomobil ishlab chiqarildi.
Qolaversa, O‘zbekistonda 23 033 dona maxsus yengil avtomobillar ham ishlab chiqarildi.