Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 15 450 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi xabar berdi.
Xorijiy kompaniyalar orasida eng ko‘p korxonalar Rossiya (3 076), Xitoy (2 372) va Turkiya (1 922) ishtirokida tashkil etilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 1 098 tani, Janubiy Koreyaniki 690 tani, AQSH kapitali esa 312 tani tashkil qiladi.