Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent va viloyat markazlari bozorda o‘z mavqiyeni saqlab qolmoqda, boshqa hududlarda ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Ikkilamchi uy-joy narxlarining biroz o‘zgarishiga qaramay, yillik umumiy o‘sish 6%dan ko‘proqn ko‘rsatdi, bu esa ushbu segmentdagi ijobiy tendensiyalardan dalolat beradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi uy-joy ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyatni muntazam tahlil qilib boradi.
Noyabr oyida ko‘chmas mulk bozori ijobiy tendensiyani saqlab qolishda davom etdi. Savdolar 21,9 ming bitimni tashkil etib, oktyabr oyidagi ko‘rsatkichdan 2,5%ga oshdi.
Shu bilan birga, yillik hisobda ko‘chmas mulk bozorida faollik 0,8%ga o‘sdi.
Hududiy dinamika
Noyabr oyida hududlar kesimida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk bitimlarining o‘sish dinamikasi O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, Xorazm va Buxoro viloyatlarida mos ravishda 15,6% va 8,4%ga ijobiy tendensiyalarni ko‘rsatmoqda.
Toshkent mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri sifatida ko‘chmas mulk bozori umumiy hajmining 30%dan ortig‘ini egalladi, faollik darajasi esa 9,3%ga oshdi.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilish
Bir oy ichida Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari deyarli o‘zgarmagan holda atigi 0,3%ga o‘sdi, o‘tgan yilga nisbatan 6,2%ga o‘sish qayd
Yil davomida bozorning ushbu segmentida sezilarli o‘sish Surxondaryo – 18,1%, Buxoro – 11,9% va Qashqadaryo – 10,2% viloyatlarida qayd etildi.
Ikkilamchi uy-joylarning eng maqbul narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qolmoqda, bu yerda kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 333 dollarni tashkil etada.
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi oy davomida atigi 0,2%ga oshib, 1,1 ming dollardan sal ko‘proqni tashkil etdi.
Poytaxtning Bektemir – 4,4%, Yashnobod – 2,4% va Shayxontohur – 2,2% tumanlarida narxlar sezilarli darajada oshgani qayd etildi.
Umuman olganda, respublika bo‘yicha ikkilamchi bozorda bir kvadrat metr uy-joyning o‘rtacha qiymati yil davomida 6,2%ga oshgan bo‘lsa, Toshkent shahrida shu davrda 1,5% pasayish kuzatildi.
Uy-joy ijara bozori
Noyabr oyida Toshkent shahridagi ijara bozorida turg‘unlik qayd etildi. Bir kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi 8,3 dollarni tashkil etdi, bu joriy yilning iyun oyi ko‘rsatkichiga mos keladi.
Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10-11 dollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 10,7%ga pasaydi. Yil davomida narxlarning eng katta pasayishi Uchtepa – 14,5%, Yashnobod – 14,3% va Yunusobod-13,8% tumanlarida qayd etildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozori Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorlaridagi faollik dinamikasi taqdim etib boriladi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bozor dinamikasini kuzatish uchun o‘tgan yilning shu davriga oid ma’lumotlar taqdim etiladi.