Valyuta kurslari 07/07/2025
$1 – 12606.73
UZS – 0,39%
€1 – 14849.47
UZS – 0,27%
₽1 – 159.86
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 23/04/2025 O‘zbekistonda to‘y va marosimlarni tartibga solish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda to‘y va marosimlarni tartibga solish rejalashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda to‘ylar, oilaviy tantanalar va anʼanaviy marosimlarni o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bu tashabbuslar Prezidentning «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni doirasida amalga oshiriladi.

Farmonni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatiga muvofiq, joriy yil avgust oyiga qadar Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Unda to‘y marosimlari, oilaviy tadbirlar, aza taomlari va milliy urf-odatlarga oid marosimlarni o‘tkazish tartibi tartibga solinadi.

Bundan tashqari, aholi o‘rtasida oqilona sarf-xarajat qilish madaniyatini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari ham kuchaytiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling