Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 01/02/2025 O‘zbekistonda «Tashabbusli byudjet» va barqaror shaharlar rivoji bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekistonda «Tashabbusli byudjet» va barqaror shaharlar rivoji bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30-yanvar kuni “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining samaradorligi va shaharlar barqarorligi uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish” (Performance-Based Financing for Local Governments Effectiveness and Urban Sustainability – PforR) va “Tashabbusli budjet” loyihalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda, Jahon bankining shaharsozlik (urbanizatsiya) bo‘yicha katta mutaxassisi Mohamad Nada, Shaharsozlikni moliyalashtirish bo‘yicha mutaxasis Ibrohim Ali Xon va Jahon bankining shaharsozlik bo‘yicha maslahatchisi Lola Viko, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti va Davlat budjeti siyosati departamenti mas’ul xodimlari, Qo‘ng‘irot, Sirdaryo, Quva tumanlari hamda Yangiyo‘l shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda, loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha oldi hujjatlarni ishlab chiqish, loyihalarni moliyalashtirish, samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash va  natijadorlikka erishish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoniga muvofiq belgilangan jadal kompleks rivojlantirish dasturi loyihalari ishlab chiqiladigan 15 ta tuman (shahar)larda mazkur loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Seminar yakunida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling