Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatigan xizmatlar hajmi 26,86 trln. so‘mga yetdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 13,1% ga oshgan.
Ta’lim xizmatlarining umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 3,7%dan oshdi.
2023-yil yanvar-noyabr oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 22,1 trln. so‘mni tashkil etgan, 2022-yilda esa bu raqam 14,11 trln. so‘m bo‘lgan.
Shunday qilib, 2020-yilning yanvari va noyabriga nisbatan ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 3,42 baravarga oshgan.