O‘zbekistonda Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qaroriga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi.
Ushbu tashabbus ayol tadbirkorlarning biznesda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam berish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Kengash ayol tadbirkorlarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlamentga yetkazish vakolatiga ega bo‘lib, ularning biznes tashabbuslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Kengash tarkibida 27 ta aʼzo, shulardan 21 nafari tadbirkor ayollar. Ular tomonidan:
Mazkur yangilik mamlakatdagi ayol tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Biznes olamida o‘z o‘rnini mustahkamlashni istagan barcha ayollar uchun yangi davr boshlanmoqda.