Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 14/01/2025 O‘zbekistonda sud majlislarida masofaviy ishtirok etishning yangi qoidalari taklif etildi

O‘zbekistonda sud majlislarida masofaviy ishtirok etishning yangi qoidalari taklif etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Majlisda aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Iqtisodiy protsessual hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga aholiga sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishning huquqiy asoslarini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ya’ni, qonun loyihasi bilan sud majlislarida sud binosiga kelmasdan masofadan turib mobil videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishning protsessual asosi va tartibi belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi aholining sud majlislarida qatnashish uchun sud binolariga kelishlari bilan bog‘liq ovoragarchiliklarining oldini olish, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling