O‘zbekiston

O‘zbekistonda startap loyihalari uchun “Demo Day” o‘tkazildi

O‘zbekistonda startap loyihalari uchun “Demo Day” o‘tkazildi
O‘zbekistonda startap loyihalari uchun “Demo Day” o‘tkazildi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan startap loyihalarini yirik ishlab chiqarish klasterlariga taqdim etishga qaratilgan “Demo Day” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish hamda yaratilayotgan yangi mexanizmlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan harakatlar hamda startap loyihalarini yirik klasterlarga taqdim etish” mavzusiga bag‘ishlandi.

“Demo Day”ning asosiy maqsadi mahalliy startapchilar va yirik ishlab chiqarish klasterlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda istiqbolli loyihalarga investitsiyalarni jalb qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda 40 ga yaqin startap loyiha mualliflari o‘z innovatsion ishlanmalari va biznes g‘oyalarini investorlar hamda yirik biznes vakillariga taqdim etdi. Tadbirda 60 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, investorlar, venchur jamg‘armalari vakillari, yirik ishlab chiqarish klasterlari rahbarlari va tadbirkorlar qatnashdi.

Taqdimotlar yakunida investorlar va klaster vakillari istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishib, ularni moliyalashtirish, ishlab chiqarishga joriy etish hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

“Demo Day” startap loyihalari mualliflari, investorlar va yirik ishlab chiqarish klasterlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish uchun platforma vazifasini bajardi.

Tadbir doirasida innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va istiqbolli startaplarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tadbir O‘zbekistonning startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni yirik biznes bilan bog‘lash va startap tashabbuslarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy tashabbuslardan biri bo‘ldi.
 

Asqar Yakubov
Asqar Yakubov

Askar Yakubov — yangiliklar va reportaj fotografiyasi sohasida katta tajribaga ega professional fotojurnalist. U ijtimoiy-siyosiy, madaniy, xalqaro, biznes va ijtimoiy tadbirlarni operativ suratga olishga ixtisoslashgan bo'lib, qisqa vaqt ichida ifodali kadrlarni topa oladi va tadbir muhitini yetkaza biladi. Reportaj, portret va hujjatli fotografiya, tasvirlarni qayta ishlash va rang korreksiyasi, shuningdek, OAV va raqamli platformalar uchun fotomateriallar tayyorlash bo'yicha ko'nikmalarga ega. Ishga mas'uliyat bilan yondashadi, tahririyat standartlariga rioya qiladi va ham mustaqil, ham suratga olish guruhi tarkibida ishlay oladi.