Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Iqtisod 01/03/2025 O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar hajmi 216,64 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar hajmi 216,64 trln so‘mni tashkil etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 723 ta emitent mavjud bo‘lib, ulardan 688 tasi aksiya, 42 tasi esa obligatsiya chiqargan. Bu haqda Milliy istiqbolli loyihalar agentligi xabar berdi.

Jami 2 323 ta qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 216,64 trln so‘mga yetgan.

2024 yil davomida 208 ta yangi qimmatli qog‘ozlar chiqarilib, ularning qiymati 29,89 trln so‘mni tashkil etgan.

Shu bilan birga, yagona davlat reyestridan 3,26 trln so‘mlik qimmatli qog‘ozlar chiqarib tashlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling