Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 02/02/2025 O‘zbekistonda raqamli platformalar ustidan nazorat kuchaytirildi

O‘zbekistonda raqamli platformalar ustidan nazorat kuchaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqamli platformalar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandida raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb e’tirof etilishining quyidagi mezonlari belgilangan:

raqamli platforma operatorining so‘nggi kalendar yilda tushumi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming baravariga teng yoki undan yuqori bo‘lsa;

raqamli platformaning faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy o‘rtacha soni har oyda kamida 50 mingtani yoki faol tadbirkor foydalanuvchilarning o‘rtacha soni har oyda kamida 3 mingtani tashkil etsa.

Shuningdek, mazkur Nizomning 9-bandida, raqamli platforma operatori ushbu belgilangan ko‘rsatkichlarga erishgan sanadan e’tiboran ikki oy muddatda monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga muvofiq, raqamli platforma operatori ustun mavqega ega deb e’tirof etilishining ko‘rsatkichlariga erishilganda Raqobat qo‘mitasiga xabar berilishi majburiy ekanligini eslatib o‘tamiz.

Bunda, raqamli platforma operatorlari Qo‘mitaning “Fair Tech” interaktiv xizmatlar portali (https://cabinet.fairtech.uz) orqali onlayn rejimda xabardor qilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Payme” AJni onlayn toʻlov tizimlari bozorida ustun mavqega ega boʻlgan raqamli platforma operatori sifatida tan oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling