Valyuta kurslari 06/02/2025
$1 – 12985.32
UZS – -0,1%
€1 – 13511.23
UZS – 0,53%
₽1 – 132.22
UZS – 0,71%
Qidirish
Iqtisod 14/01/2025 O‘zbekistonda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

O‘zbekistonda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda aholini qalbaki mahsulotlardan himoya qilish hamda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan tadbirkorlarga markirovka qurilmalarini sotib olish xarajatlari summasiga foyda, aylanmadan olinadigan soliq va yakka tadbirkorlar uchun daromad solig‘ini kamaytirish huquqi berilmoqda. Shuningdek, pivo mahsulotlarini sotish faoliyati soliq organlarini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilyapti.

Majlisda deputatlar tomonidan soliq qonunchiligiga kiritilayotgan bu kabi o‘zgartirishlar markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarni rag‘batlantirish hamda tamaki va pivo mahsulotlarini yashirin ishlab chiqarishni oldini olish orqali aholini qalbaki mahsulotlardan himoya qilinishi alohida ta’kidlandi.

Xalq vakillarining fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi raqamli markirovkalash tizimi takomilashtirish, davlat budjeti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling