O‘zbekistonda Pokistondan kelayotgan sayyohlar oqimi o‘sdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida 5 472 nafar Pokiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 516 ming nafarga yoki 38,3 foizga oshgan.
2024 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Pokiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
sayyohlik – 1 773 nafar;
xizmat yuzasidan – 1 727 nafar;
o‘qish – 1 549 nafar;
tijorat – 331 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 92 nafar.