Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 18/11/2024 O‘zbekistonda nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish markazi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi O‘zbekistondagi Germaniya tadbirkorlik markazi (DUWK) hamda “Kasbiy ta’lim va xorijiy tillarni rivojlantirish” nodavlat ta’lim muassasasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda “Nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish markazi”ni hamkorlikda tashkil qilish va ushbu markazga Germaniyada malaka oshirib qaytgan o‘qituvchilarni jalb qilib, malakali mutaxassislarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Migratsiya agentligi, “Kasbiy ta’lim va xorijiy tillarni rivojlantirish” nodavlat ta’lim muassasasi va “Askania Future” kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolashga ham kelishib olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekistondagi Germaniya tadbirkorlik markazi hamda Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal o‘lkasi va “Askania Future” kompaniyasi hamkorligida nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Unga ko‘ra 168 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Germaniyada xalqaro standartlar darajasida qayta tayyorlanib, kasbiy malakalarini oshirishi reja qilingan. Birinchi bosqichda 27 nafar mutaxassis Germaniyada 8 haftalik malaka oshirish kurslarida o‘qib qaytdi. Ayni kunlarda ham 27 nafar nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada o‘z malakalarini oshirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling