Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 05/02/2025 O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi oldi olindi

O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi oldi olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon va Toshkent viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi choralar ko‘rildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.T. va boshqalar fuqaro M.X.ga 14 dona “Regapen” va 8 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini 2,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan yana 27 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. fuqaro M.Z.ga “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling