O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga 178 ta televizor to‘g‘ri keladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar o‘rtacha soni 178 tani tashkil etdi.
100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni yillar kesimida (dona):
2000 yil – 88 ta
2005 yil – 109 ta
2010 yil – 132 ta
2015 yil – 152 ta
2020 yil – 162 ta
2025 yil (yanvar-iyun) – 178 ta