Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 14/01/2025 O‘zbekistonda faktoring xizmatlari bozori imkoniyatlari kengaymoqda

O‘zbekistonda faktoring xizmatlari bozori imkoniyatlari kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekistonda faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasida pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qilish, mijozning kontragenti norezident bo‘lganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat berish, pul talabnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi xabarnomalarni garov reyestrida ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, loyihada tadbirkorlik subyektlariga faktoring xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan faktoring tashkilotlarini tashkil etish, Faktoring tashkiloti faoliyatini nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish va uning faoliyatini Markaziy bank tomonidan tartibga solish belgilanmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda faktoring xizmatlarini amalga oshirishning xalqaro amaliyotga mos qonunchilik bazasining yaratilishiga xizmat qiladi. Bu esa tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy xizmatlardan keng foydalanishga bo‘lgan talabini qondirish hamda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling