Valyuta kurslari 31/07/2025
$1 – 12591.57
UZS – 0,73%
€1 – 14545.78
UZS – 0,51%
₽1 – 153.82
UZS – 1,22%
Qidirish
Iqtisod 01/03/2025 O‘zbekistonda Bolgariya bilan hamkorlikda Kasbiy tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Bolgariya bilan hamkorlikda Kasbiy tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi Bolgariyaning “VERO Scaffolding” kompaniyasi bilan qurilish sohasida mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan “Kasbiy tayyorlov markaz” va “Malakani baholash markazi”ni tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi.

"Hozirda Bolgariyaning sanoat va qurilish sohalarida malakali mutaxassislarga talab juda yuqori, ayni paytda 30 000 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Shu sabab, o‘zbekistonlik mutaxassislarni Bolgariya va Germaniyadagi xavfsiz va ishonchli loyihalarda ishlashlari uchun maxsus markazlarini tashkil etishni rejalashtirdik", - dedi “VERO Scaffolding” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi hamkori va direktori Andrey Samsonov.

Kasbga tayyorlov markazlarini 2025 yil mart-aprel oylarida Qarshi va Samarqand shaharlarida tashkil etishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling