Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Texnologiyalar 06/02/2025 O‘zbekistonda barcha davlat idoralari saytlari yagona platformaga integratsiya qilinadi

O‘zbekistonda barcha davlat idoralari saytlari yagona platformaga integratsiya qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 31-yanvar kuni O‘zbekiston Hukumati rasmiy davlat idoralari saytlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorni tasdiqladi.

Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab barcha davlat organlari saytlari yagona platforma — Hukumat portali (gov.uz) ga integratsiya qilinadi. Uning operatori sifatida Uzinfocom — Davlat axborot tizimlari yagona integratori faoliyat yuritadi.

Eski sayt manzillari foydalanuvchilarni yangi portal sahifalariga yo‘naltiradi. Bunda avvalgi versiyalar yopiladi, ammo ulardagi barcha ma’lumotlar saqlab qolinadi. Davlat organlari rahbarlari o‘z saytining platformadagi faoliyati uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Platformada joylashtirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ishlab chiqiladi hamda ularning yangilanish davriyligi belgilanadi. Ma’lumotlar davlat va qoraqalpoq tillarida chop etiladi. Boshqa tillardagi materiallar to‘liq yoki qisqartirilgan shaklda berilishi mumkin.

Barcha materiallar Bosh vazir matbuot xizmati bilan bir ish kuni mobaynida kelishilishi kerak.

Bundan tashqari, Kiberxavfsizlik markazi va Raqamli texnologiyalar vazirligi platformaning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirish va uning holatini nazorat qilish bo‘yicha har yarim yilda monitoring o‘tkazadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling