Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 24/01/2025 O‘zbekistonda ayollarning uy-joy huquqlarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rildi

O‘zbekistonda ayollarning uy-joy huquqlarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan Uy-joy kodeksining 32-moddasi turar joydan foydalanish haqidagi nizolarni ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra, uy-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mutanosib sharoitga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritishi yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorga yuklashi mumkinligi bo‘yicha norma kiritilmoqda.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani, deputatlar tomonidan berilgan qator takliflar asosida loyiha matniga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, hujjat har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilgani va maromiga yetkazilgani ta’kidlandi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi uy-joy nizolarini ko‘rib chiqishda mulkdorning manfaatlarini inobatga olish bilan birga, xotin-qizlarga yashash uchun qulay sharoit yaratish hamda oila va xotin-qizlar boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling