O‘zbekistonda avtomobil bozori: ikkilamchi bozor arzonlashmoqda, biroq istisnolar ham bor
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) (https://t.me/ifmr_public) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning may oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o'zgarishi tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning may oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o'rtacha narxi aprel oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:
- "Onix": ko'p foydalanilgani $800 ga ($13 800 dan $13 000 ga), o'rtacha foydalanilgani $220 ga ($13 700 dan $13 480 ga);
- "Lacetti": kam foydalanilgani $100 ga ($14 800 dan $14 600 ga); ko'p foydalanilgani $100 ga ($13 000 dan $12 900 ga), o'rtacha foydalanilgani $75 ga ($14 075 dan $14 000 ga);
-"Cobalt": kam foydalanilgani $144 ga ($12 700 dan $12 556 ga);
- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgani $100 ga ($11 000 dan $10 900 ga);
- "Spark": ko'p foydalanilgani $100 ga ($8 900 dan $8 800 ga);
- "Damas": ko'p foydalanilgani $200 ga ($7 200 dan $7 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani $200 ga ($7 800 dan $7 600 ga), kam foydalanilgani $50 ga ($8 050 dan $8 000 ga).
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Mahalliy lyuks avtomobillar narxi esa quyidagicha o'zgardi:
- "Equinox": kam foydalanilgani $1 166 ga ($34 666 dan $33 500 ga);
- "Malibu": kam foydalanilgani $750 ga ($31 250 dan $30 500ga); o'rtacha foydalanilgani $1450 ga ($29 950 dan $28 500 ga);
- "Tracker": o'rtacha foydalanilgani $300 ga ($17 300 dan $17 000 ga), kam foydalanilgani $175 ga ($18 600 dan $18 425 ga) arzonlashgan.
Shuningdek, "Equinox"ning o'rtacha foydalanilgani aprel oyiga nisbatan $700 ga ($29 800 dan $30 500 ga), ko'p foydalanilgani $200 ga ($26 000 dan $26 200 ga) qimmatroq taklif etilgan bo'lsa, ko'p foydalanilgan "Tracker" ($16 000) narxida o'zgarish kuzatilmadi.
Elektromobillar narxi. Mazkur davrda o'rtacha foydalanilgan BYD "Song Plus EV Champion" $150 ga ($ 26 350 dan $26 200 ga) arzonlashgan bo'lsa, boshqa elektromobillar o'rtacha narxi:
- BYD "Han": o'rtacha foydalanilgani $2000 ga ($32 000 dan $34 000 ga), yangisi $1 100 ga ($31 900 dan $33 000 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": yangisi $1100 ga ($27 800 dan $28 900 ga);
- BYD "Yuan Up": o'rtacha foydalanilgani $850 ga ($19 300 dan $20 150 ga), yangisi $406 ga ($20 500 dan $20 906 ga) qimmatlashdi.
Xorijiy avtomobillar narxi. Joriy yilning may oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi:
- Kia "Carnival": ko'p foydalanilgani $3 500 ga ($36 000 dan $32 500 ga), kam foydalanilgani $2 028 ga ($47 000 dan $44 972 ga), o'rtacha foydalanilgani $1 000 ga ($46 000 dan $45 000 ga);
- Kia "Sorento": ko'p foydalanilgani $2 100 ga ($35 250 dan $33 150 ga), o'rtacha foydalanilgani $1 700 ga ($38 000 dan $36 300 ga);
- Kia "K5": kam foydalanilgani $2 777 ga ($32 000 dan $29 223 ga), ko'p foydalanilgani $350 ga ($25 300 dan $24 950 ga), o'rtacha foydalanilgani $150 ga ($27 150 dan $27 000 ga);
- Kia "Sportage": ko'p foydalanilgani $2 250 ga ($28 500 dan $26 250 ga), o'rtacha foydalanilgani $200 ga ($30 000 dan $29 800 ga);
- Hyundai "Elantra": ko'p foydalanilgani $1 000 ga ($21 000 dan $20 000 ga), o'rtacha foydalanilgani $301 ga ($21 201 dan $ 20 900 ga);
- Kia "Seltos": ko'p foydalanilgani $1 000 ga ($23 000 dan $22 000 ga), o'rtacha foydalanilgani $409 ga ($24 850 dan $24 441 ga) azronlashdi. Shuningdek, kam foydalanilgan "Elantra" va "Sorento" mos ravishda $116 ($24 112 dan $24 228 ga) va $1 250 ga ($43 250 dan $44 500 ga) qimmatlashdi.
Avtomobillarni guruhlarga ajratish bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun avvalgi tahlillarga qarang. (https://t.me/ifmr_public/5833)
Narxlarni tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda may oyi uchun 15,5 mingta, aprel oyi uchun 15,5 mingta ma’lumotdan foydalanildi.