Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 08/12/2024 O‘zbekistonda 3 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi

O‘zbekistonda 3 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda O‘zbekistonda 3 million tonnadan ortiq paxta yig‘ib olindi, deb ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigida.

So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlar, yer va suv resurslari taqchilligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ana shunday murakkab sharoitga qaramasdan, joriy yilda sizlarning mashaqqatli mehnatingiz bilan yurtimizda 9 million tonna don, 3 million tonnadan ortiq paxta, 16 million tonnadan ziyod sabzavot va poliz, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoshka, 15 million tonnadan ko‘p go‘sht va sut, 30 ming tonna pilla yetishtirilgani – chinakam qahramonlik namunasi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Buning uchun sizlarning sha’ningizga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Albatta, bunday ulkan yutuqlarga erishishda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi rivojiga berilayotgan yuksak e’tibor, tarmoqda tub tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarish munosabatlari zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yilayotgani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Ayniqsa, sohaga ilg‘or agrotexnologiyalar, ilm-fan va innovatsiya yutuqlari keng joriy etilayotgani ijobiy natija bermoqda. Bu yil 100 ming gektar maydonda kasallik va zararkunandalarga chidamli serhosil g‘o‘za navlari ekilib, ulardan mo‘l hosil yetishtirilgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

G‘allachilikda resurs tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash natijasida o‘rtacha hosildorlik birinchi marta 85 sentnerga yetkazildi. Olti mingdan ortiq tajribali fermerlarimiz bu borada 90-100 sentnerlik marrani zabt etganlarini alohida ta’kidlash lozim.

Resurslarni tejaydigan intensiv texnologiyalar asosida 50 ming gektar maydonda sabzavot yetishtirilib, hosildorlik an’anaviy usulga nisbatan 200-250 sentnerga oshgani, sof daromad gektaridan 6-8 ming dollarni tashkil etgani ham muhim yutuqlarimiz qatoriga kiradi.

Yil davomida qishloq xo‘jaligi subyektlariga 18 trillion so‘m imtiyozli kredit va 176 milliard so‘m subsidiya ajratilgani, umumiy qiymati 3,6 trillion so‘mlik 11 ming 600 dona yuqori unumli zamonaviy texnika va agregatlar yetkazib berilgani ham mavsumni samarali yakunlashda muhim omil bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling